NMTS (uz)
Ro‘yhatdan o‘tish Shveysariyaga kirishdan oldin yuk tashishga oid og‘ir transport vositalari uchun to‘lov (LSVA) bo‘yicha majburiy bo‘lib, uni qulay tarzda onlayn amalga oshirish mumkin. Barcha zarur transport vositasi ma’lumotlarini kiriting, to‘lov usulini tanlang va kerak bo‘lsa ma’lumotlaringizni o‘zgartiring. Chegarada vaqt yo‘qotmasdan sayohatingizning muammosiz davom etishini ta’minlang. Kutish vaqtini oldini olish uchun elektron to‘lov usullaridan foydalanishni tavsiya qilamiz.
NMTS yordamida Shveysariyada harakatlanish uchun unumdorlikka bogʻliq katta yuk avtomobillari yigʻimining (LSVA/yigʻim) toʻlovi uchun roʻyxatdan oʻtishingiz va toʻlovni onlayn amalga oshirishingiz mumkin.
Shveysariyaga kirish (roʻyxatdan oʻtish)
LSVA toʻlovi uchun roʻyxatdan oʻtish Shveysariyaga kirishdan oldin (koʻpi bilan 5 kun oldin) amalga oshirilishi kerak. Buni transport kompaniyasi (ofis) orqali amalga oshirish maqsadga muvofiq.
www.nmts.ch veb-saytiga kiring.
Quyidagi maʼlumotlarni kiriting:
- Avtotransport roʻyxatga olingan mamlakat
- Roʻyxatga olish raqami (davlat raqam belgisi)
- EURO tashlanmalar toifasi
- Tirkamali avtotransportning ruxsat etilgan maksimal umumiy ogʻirligi, kilogrammda (avtotransportni roʻyxatga olish hujjatlariga muvofiq)
- Kirish va chiqib ketish sanalari
- Masofa, kilometrda
Toʻlov variantlari
- Elektron:
- kredit kartalar
- yoqilgʻi kartalari

- Naqd: Kirish vaqtida bojxonada toʻlov. Barcha chegara oʻtish punktlarida naqd pul qabul qilinmaydi.
Tavsiya: Roʻyxatga olinganlik nusxasini olish uchun email manzil qoldiring.
Chiptalar/cheklarni chegarada (Bojxonada) taqdim qilish shart emas.
Smartfoningiz yoʻqmi? Aloqa yoʻqmi? Yordam kerakmi?
Kompaniyaga (ofisga) murojaat qiling. Shveysariya bojxonasi chegarada roʻyxatdan oʻtkazish xizmatini koʻrsatmaydi.
Shveysariyadan chiqib ketish
Roʻyxatdan oʻtish toʻgʻri amalga oshirilsa va u yaroqli boʻlsa, Shveysariyadan chiqib ketishda hech qanday qo‘shimcha harakat talab etilmaydi. Chiptalar/cheklarni chegarada (bojxonada) taqdim qilishingiz shart emas.
Zarur holatda chiqib ketishdan oldin umumiy ogʻirlik (kg) va masofaga (km) oʻzgartirish kiritishingiz mumkin:
- Umumiy ogʻirlik: oʻzgartirish faqat kattaroq qiymat tomonga (koʻproq ogʻirlik) amalga oshirilishi mumkin
- Masofa: Kattaroq va kichikroq qiymatga (koʻproq va kamroq kilometr) oʻzgartirish mumkin.
Buni amalga oshirish uchun www.nmts.ch veb-saytiga kiring va tepa oʻng tomondagi chipta belgisini bosing. Registratsiyani tahrirlash uchun qalam belgisini bosishingiz mumkin.
Quyidagi muddatlarni inobatga oling:
- Naqd toʻlovlar uchun: har qaysi qoʻshimcha qiymatni oʻzgartirish va qoʻshish chiqib ketishdan oldin bojxona postida amalga oshiriladi
- Elektron toʻlov usullari (kredit kartalar/yonilgʻi kartalari) uchun: onlayn oʻzgartirish chiqib ketgandan keyin 5 kun davomida
Chegaradagi vaqtingizni tejang!
Toʻliq avtomatik LSVA (yigʻim) qayd etish tizimi: Yevropa Elektron yigʻim undirish (EETS) tizimiga yoki NETS tizimiga hozir oʻting: havola.
Index
Bundesamt für Zoll und Grenzsicherheit (BAZG)
Taubenstrasse 16
3003 Bern